Koson tumanidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

17.07.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinganligi haqida xabar https://t.me/sizdantelegram/34669?single tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borilganida, tibbiyot birlashmasi xodimlari boshqa hududdagi obodonlashtirish ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Koson tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.