Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida

28.10.2021

Uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriligi vakillari va KOICAning O‘zbekistondagi ofisi direktori o‘rinbosari Mingeong Song ishtirok etdi.

Shuningdek, Urganch loyihasi bosh menedjeri Jo Xyonchan, Kasbiy malaka tizimiga mas’ul bosh mutaxassis Pak Keyong hamda vazirlikning mavzuga aloqador mutaxassislari qatnashishdi.

Unda Farg‘ona va Urganch shaharlarida kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, Farg‘ona shahridagi markaz qurilish ishlari yakunlari va uning foydalanishga topshirilishi jarayonlari, pandemiya sababli boshlanishi to‘xtab qolgan Urganch shahrida qurilishi rejalashtirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida, pandemiya sababli vaqtincha to‘xtatilgan Urganch shahrida qurilishi rejalashtirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi loyihasini davom ettirilishi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan loyiha bo‘yicha doimiy hamkorlikka tayyor ekanligi ma’lum qilindi.