Koreya Respublikasida vaqtinchalik mexnat faoliyatini amalga oshirish uchun 2019-yil 23 sentabr-4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan EPS-Topik test sinovlari natijasi to‘g‘risida e'lon

14.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida tuzilgan “Ishchilarni Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Anglashuv memorandumiga muvofiq, 2019-yil 23-sentabr – 4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan EPS-Topik test sinovlari imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar diqqatiga!!!

Malaka testi (Skill test) imtihoni

2019-yil 11-15-noyabr kunlari, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi 47-uy, “Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji” binosida o‘tkaziladi.
Mo‘ljal: “Afruz” to‘yxonasi.

Imtihon payti Sizdan so‘raladigan hujjat va ma'lumotlar:

1. Fuqarolik va xorijga chiqish pasporti;
2. Shaxsiy ma'lumotlaringiz to‘g‘risida anketa.

Eslatma:

1. Malaka testi (Skill test) imtihoniga fuqarolik pasportini olib kelmagan fuqarolar kiritilmaydi.
2. Fuqarolar Malaka testi (Skill test) imtihoniga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishi va ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
3. Malaka testi (Skill test) imtihoniga belgilangan sana va vaqtidan kech qolgan fuqarolar test imtihoniga kiritilmaydi.
4. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) shartlariga ko‘ra takror yoki qayta appelyasiya Malaka testi (Skill test) imtihonlari o‘tkazilmaydi.
5. Malaka testi (Skill test) imtihonida elektron vositalardan (mobil telefon, elektron soatlar, shpargalkalar va hokazolardan) foydalanish qat'iyan man etiladi.
6. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) talablariga muvofiq Malaka testi (Skill test) imtihonining qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Ma'lumot uchun:

Muammolar va kamchiliklar yuzaga kelgan taqdirda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+99871 202-33-55

Diqqat!

Koreya Respublikasi tegishli muassasalar tomonidan taqdim etilgan kasbni tasdiqlovchi sertifikat va guvohnomalarga ega fuqarolar 2019 yil 16-18 oktyabr kunlari Agentlikka mazkur hujjatlarning nusxalarini, MALAKA (SKILL) testiga kirishda esa mazkur hujjatlarning aslini taqdim qilishi talab etiladi.

2019-yil 23-sentabr – 4 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan EPS-Topik test sinovlari natijalarini yuklab olish (Pdf 4.22 МБ)