Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 2019-yil 17-19-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan malaka test imtihoni (Skill test) natijalari
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida tuzilgan “Ishchilarni Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida Koreya Respublikasiga yuborish bo‘yicha” Anglashuv memorandumiga muvofiq, 2019-yil 17-19-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan malaka test (Skill test) imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar 2019-yilning 6-dekabriga qadar shaxsiy ma'lumotlari to‘g‘risida to‘ldirilgan anketa ma'lumotlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning hududiy bo‘limlariga topshirishlari kerak!
Diqqat! Bilishngiz kerak bo‘lgan ma'lumotlar:
1. Shaxsiy ma'lumotlar to‘g‘risidagi anketada horijga chiqish pasportining sifatli rangli nusxasi bo‘lishi shart.
2. Horijiy valyuta omonat daftarchasi rekvizitlari bo‘lishi shart.
3. Shaxsiy ma'lumotlar to‘g‘risidagi anketani topshirmagan fuqarolar tanlovlar bazasiga kiritilmaydi.
4. Koreya inson resurslarini rivojlantirish xizmatining kelishuviga asosan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va tanlovlar bazasiga kiritilgan fuqarolarga Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish kafolati berilmasligini eslatib o‘tamiz.
№ |
Hududlar |
Manzil |
Telefon raqami |
1 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar, A.Dosnazarova ko‘chasi, 64-A uy |
61 222-53-32 |
2 |
Andijon viloyati |
Andijon shahar, Amir Temur shoh ko‘chasi, 39-uy |
74 228-19-68 |
3 |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahar, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy |
65 226-56-92 |
4 |
Jizzax viloyati |
Jizzax shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 4-A uy |
72 226-91-97 |
5 |
Qashqadaryo viloyati |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod ko‘chasi, 46-uy |
75 224 05 25 |
6 |
Navoiy viloyati |
Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 43-A uy |
79 224-11-60 |
7 |
Namangan viloyati |
Namangan shahar, Nodira ko‘chasi, 3-uy |
69 227-94-64, |
8 |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni, 1-A uy |
66 233-24-00 |
9 |
Sirdaryo viloyati |
Sirdaryo viloyati, Guliston shahar |
67 225-55-59 |
10 |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahar, At-Termiziy ko‘chasi, 19-B uy |
76 224-39-10 |
11 |
Toshkent shahri |
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy |
71 202-33-55 |
12 |
Toshkent viloyati |
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Farhod ko‘chasi, 3-uy |
71 250-18-90 |
13 |
Farg‘ona viloyati |
Farg‘ona shahar, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 4-uy |
73 244-40-01, |
14 |
Xorazm viloyati |
Urganch shahar, I.Dosov ko‘chasi, 2-uy |
62 224-12-35 |
Ma'lumot uchun:
Muammolar va kamchiliklar vujudga kelgan taqdirda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
+99871 202-33-55
Malaka test imtihoni (Skill test) natijalari ro‘yxatini yuklab olish (PDF 2.39 MB)