Konimex tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazidagi holatga rasmiy munosabat

07.09.2021

Konimex tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ma’muriy binosining kirish qismida ilingan peshlavhalarda lotin alifbosida va ingliz tilida vazirlik hamda markazning nomlari xato yozilganligi https://t.me/makarenko_channel/3133 ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Konimex tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi 2020-yilning 28-mart kunida tuman hokimining 200-Q-sonli qaroriga asosan foydalanishga topshirilgan va binoning barcha jihozlari, shu jumladan, peshlavhalar ham "Navoiy Paper Premium" MChJ qurilish tashkiloti tomonidan tayyorlangan.

Biroq ushbu holatda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va Konimex tuman ABKM tomonidan ham e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgan hamda noto'g'ri yozuvlar ayni o'sha vaqtda to'g'irlanmagan.

Hozirda to‘g‘irlangan holatdagi peshlavhalar o‘rnatilganligi ma’lum qilinadi.