"Kompromatuzb" telegram kanalida “Monomarkazda o‘qiyotgan o‘quvchilarga sertifikat berilmayapti yoxud ko‘zbo‘yamachilik uchunmi?!” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

12.10.2022

"Kompromatuzb" telegram kanalida “Monomarkazda o‘qiyotgan o‘quvchilarga sertifikat berilmayapti yoxud ko‘zbo‘yamachilik uchunmi?!” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Bugungi kunda Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat bozorida talab yuqori 28 ta kasb-hunar, 4 ta xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha 1-4 oylik o‘quv kurslari tashkil etilgan. Unda ishsiz fuqarolar o‘z ixtiyoriga ko‘ra qiziqishi va maqsadidan kelib chiqib, mehnat organlari yo‘llanmasi asosida monomarkazga yuboriladi. Ular kasb egallashlari uchun o‘zlariga qulay bo‘lgan ta’lim muassasasi va kurs yo‘nalishini mustaqil tanlaydilar. Tinglovchilar “Bandlik xizmati” elektron platformasi orqali o‘qishga jalb etilib, bandligi ta’minlanguncha onlayn monitoring qilib boriladi va bu haqda fuqaroga har bir holat bo‘yicha elektron xabarnoma yuboriladi.
Markaz O‘quvchilariga qisqa fursatlarda kasb ko‘nikmalarini mustahkam egallashlari uchun 70 foiz amaliy va 30 foiz nazariy bilimlar beriladi. Murojaatda bayon etilgan “Oshpazlik” kursi 6 oy emas balki 2 oyni tashkil etadi va 2022 yil iyul oyida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan 25 nafar tinglovchilarning barchasiga davlat namunasidagi sertifikat topshirilgan. Shu jumladan, monomarkazga joriy yilning o‘tgan davrida hech qanday OBSE tashkiloti kelmaganligini ma’lum qilamiz.
Murojaat muallifi shahsiga aniqliq kiritilsa yanada to‘liqroq ma’lumot taqdim etiladi.