Kogon shahrida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fojea yuzasidan rasmiy munosabat.
Kogon shahrida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fojea yuzasidan rasmiy munosabat.
2021 yil 16 noyabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahar Do‘stlik ko‘chasida “61-sonli Avtokorxona” MCHJ tomonidan kanalizasiya quvuri qazish ishlari olib borilgan. Shu kuning ikkinchi yarmida kovlangan o‘raning atrofidagi tuproq o‘pirilib tushishi natijasida fuqarolar Amirov Namozbek Xusan o‘g‘li va Saidqulov Sardor Valijon voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasining 2021 yil 18 noyabrdagi “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish to‘g‘risida”gi 202-ICh-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Ayni paytda, buyruqqa asosan tuzilgan komissiya ro‘y bergan hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Uning yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.