“KESHNEWS” telegram kanalida chop etilgan post yuzasidan rasmiy munosabat

24.05.2021
         "KESHNEWS" telegram kanalida “Navbatchilikdan so‘ng o‘t tozalashga” degan sarlavha ostida chop etilgan post (https://t.me/keshnews/3804)ga asosan, Qashqadaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. 
 
        O‘rganish davomida Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining ishchi va xodimlari birlashmaning hovlisidagi yer maydonida gullar orasidagi begona o‘tlarni tozalash, ya’ni obodonlashtirish ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlandi.
 
       Mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari mudiri O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan ba’zaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi.
 
📌Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qiling.