Kattaqo‘rg‘on shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi ochildi
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tasarrufida yana bir kasb-hunarga o'qitish markazi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur markazda fuqarolarni 30 ta kasb va chet tillarga o‘qitish orqali mutaxassislar tayyorlanadi. Jumladan, monomarkazda ishsiz fuqarolar 16 ta xizmat ko‘rsatish, 8 ta texnik, 4 ta qishloq xo‘jaligi va 2 ta raqamli texnologiya yo‘nalishi, shuningdek 4 ta xorijiy tillar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitiladi.
Markaz bir vaqtning o‘zida 500 nafar o‘quvchini qamrab oladi. Yillik quvvati 2000 nafar o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, kasblarning murakkablik darajasi asosida ishlab chiqiladigan o‘quv dasturlariga muvofiq o‘qitish davri 2 oydan 6 oygacha bo‘ladi.
Bitiruvchilarga egallagan bilimlari uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikat beriladi.