Kattaqo‘rg‘on shahrida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yangi binosi quriladi

20.04.2021
        Ayni vaqtda Samarqand viloyatida bo‘lib turgan vazir Nozim Xusanov boshchiligidagi guruh Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Kovorking markazi” hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yangi binosi qurilishi uchun mo‘ljallangan hududni ko‘zdan kechirdi.
 
         Yangi bino qurilishi bo‘yicha belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida qisqa muddatda qurilish loyihalarini ishlab chiqish, ishchi chizmalarni tuzish yuzasidan tavsiyalar berildi.