KASBLARNING KELAJAK HAYOTDAGI O‘RNI
Joriy yilning 29 may kuni Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Zangiota va Sergeli tumanlariga tashriflari chog‘ida, Sergeli tumanidagi umumtaʼlim maktablarining birida kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tayanch maktabini tashkil etish vazifasi topshirilgan edi.
Sergeli tumanidagi 330-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi bilan Toshkent shaxar Bandlik bosh boshqarmasi endilikda, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tayanch maktabi etib belgilanganidan kelib chiqib, 11 noyabr kuni ushbu maktabda "Kasblarning kelajak hayotdagi o‘rni" mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Tadbir tashkilotchilari bilan birga Xalqlar do‘stligi Rossiya Universitetining O‘zbekistondagi vakili A.Kolesnikov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Shuningdek, tadbirda mavzu bo‘yicha tayyorlangan videoroliklar, o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar to‘garaklarida qo‘l mehnati bilan yaratilgan ko‘rgazmalar va master klasslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Psixologlar tomonidan kasb-hunarga yo‘naltirish mavzularida suhbatlar tashkil etildi.