Kasanachilik asosida xotin-qizlar bandligi taʼminlandi
21.11.2023
Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan G‘uzor tumanidagi ishsiz xotin-qizlar bandligi taʼminlandi.
“SAXOVAT TEXTIL-000” MCHJ hisobiga subsidiya ajratilib, "Ayollar daftari" va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da bo‘lgan ishsiz 48 nafar xotin-qizlarga tikuvchilik dastgohlari va gazlamalar berildi.
Endilikda mazkur xotin-qizlar o‘zini-o‘zi band qilgan holda, o'z hunarlari orqali oilasiga qо‘shimcha daromad keltirishadi.