Karantin va cheklovlar sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bandlik ta'minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

28.04.2020

Ayni karantin va cheklovlar sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bandlik ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov joriy yilning 28-aprel kuni Kegeyli tumanida bo‘ldi.

photo_2020-04-28_21-43-36

Kegeyli tumanidagi kam daromadli oilalar xonadonida qurilgan issiqxonalar bilan tanishdi. Shuningdek, Xalqobod paxta tozalash korxonasidagi mavjud imkoniyatlar o‘rganildi. Ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi. Tumandagi ishsiz hamda kam daromadli oilalar bandligi ta'minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

photo_2020-04-28_21-43-38

Qayd etish kerakki, Kegeylidagi kam daromadli oilalar xonadonida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 90 issiqxona qurib berildi, 5 ta sug‘orish vositalari sotib olindi. Jamaot ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 384 nafar fuqaro bandligi ta'minlandi.