Karantin va cheklovlar sharoitida aholi bandligini ta'minlash

23.04.2020

Respublikamizda, ayni karantin va cheklovlar sharoitida aholi bandligini ta'minlash, ularning daromadlarini qisqarib ketishining oldini olish yuzasidan bajarilayotgan ishlarni o‘rganish, tahlil qilish va mavjud muammolarga yechim berish maqsadida Bandlik mehnat munosabatlari vazirligi mutassadilari viloyatlarda xizmat safarida bo‘lib turibdilar. Navbatdagi manzil Buxoro viloyati bo‘ldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodir Yakubov bu yerdagi mavjud vaziyat bilan tanishdi.

photo_2020-04-23_16-20-37

Ayni kungacha, Buxoro viloyatida bandligi ta'minlanishi zarur bo‘lgan fuqarolar aniqlanib, kooperativlarga biriktirish, jamoat ishlariga jalb etish hamda subsidiyalar hisobidan issiqxonalar tashkil etib, ko‘chatlar olib berish ishlari olib borilgan.

Nodir Yakubov Peshku tumanida bo‘lib, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan 20 000 ko‘chatli “Yoshlar bog‘i”, 120 nafar aholi bandligini ta'minlashni nazarda tutuvchi “Peshko‘ bog‘i” ishlab chiqarish kooperativlari bilan tanishdi. Bunda kam daromadli oilalar jalb etilib, ularga 0.45 sotixdan yer ajratilgan.

photo_2020-04-23_16-20-41

Hududdagi “Ibn Sino” MFYda yashovchi 16 ta xonadonida 35 tubdan limon ko‘chati, "Malishoyak" MFY hududida 15 ta xonadonda 3 sotixli uzumzor Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi subsidiya mablag‘lari hisobidan tashkil etildi.

Shuningdek, tumanda limon yetishtirish bo‘yicha usta N. Saidov xonadonida tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi.