"Капитан Каримов" kanalida chiqqan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

21.09.2021

Ijtimoiy tarmoqda “O‘qituvchilarimiz baraka topsin. Dars soatini kamaytirishdan qo‘rqib, darsdan keyin ishlab, salqinda dam olishmoqda. Bu ham yetmagandek direktorning baqirishini eshitishga ham majbur. Bu voqeaga batafsil qaytamiz” mazmunida chiqqan xabar https://t.me/Karimoffuz/4350 Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

 O‘rganish davomida Qarshi shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 80 (sakson) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.