KANADADA ISHLASH IMKONI YARATILADI

03.02.2024

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alam Xemson o‘rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Kanada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

 Ikki davlatning xususiy rekruting kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish, fuqarolarni Kanadaga yuborish va viza olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.