“Kambag‘al»ni tuyani ustida ham it qopadi yohud yo‘llanma asosida o‘qishga yuborilgan fuqarolar 3 oydan buyon stipendiya olmayaptimi?” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

26.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Kambag‘al»ni tuyani ustida ham it qopadi yohud yo‘llanma asosida o‘qishga yuborilgan fuqarolar 3 oydan buyon stipendiya olmayaptimi?” mazmunidagi xabar https://t.me/Hayot_Samarqandiy/4282?single yuzasidan Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolarga stipendiya pullari 2021-yil 7-oktyabrda to‘liq plastik kartochkalariga o‘tkazib berilganligi aniqlandi.

Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari tomonidan Samarqand shahar “Ishga marhamat” monomarkazida o‘qitilayotgan barcha tinglovchilar bilan suhbat o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonuni talablari asosida stipendiya tayinlanishi va to‘lab berilishi to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.