Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga maslahatchi sifatida faoliyatini boshlayotgan Xitoylik amaliyotchi olimlar O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan manzilli ishlar bilan tanishib chiqishni davom ettirmoqda.
Jumladan Xitoylik maslahatchilar hududlarda olib borilayotgan kambag‘allikni qisqartirish siyosati, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda yer islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni o‘rganish, shu bilan birga mahallabay ishlash tizimi, undagi ishchilar (hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi) faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg‘ona va Xorazm viloyatlariga tashrif amalga oshirildi.

Farg‘ona viloyatiga tashrif davomida Marg‘ilon shahri, Yozyovon, Oltiariq, Rishton va Bog‘dod tumanlarida Yoshlar kichik sanoat zonasi jumladan poyabzal ishlab chiqarish kichik tadbirkorlik sub’ektlari, yangi barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” uzumchilik bog‘i, Hunarmandlar markazining faoliyatlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib, Xitoylik maslahatchilar Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida ular Urganch shahri, Yangiariq, Xiva va Yangibozor tumanlaridagi mahalliy hokimiyat va mahalla ishchilari faoliyati o‘rganib, mamlakatimizda aholi uchun auksion orqali yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ishlar bilan amalda tanishib chiqishdi.
Shu bilan birga viloyatlardagi tashrif davomida Xitoylik maslahatchilar kambag‘al uy xo‘jaliklariga ham tashrif buyurishdi. Maslahatchilar ushbu xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashib, mahallalarga mas’ul hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilariga mazkur oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va maslahatlarini bildirishdi.
Tashrif doirasida Xitoylik maslahatchilar hokim yordamchilari uchun qisqa master-klasslar joylarda tashkil etildi. Bunda hokim yordamchilariga Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish va aholi bilan ishlab bo‘yicha tajribasini o‘rganishga va o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob topishga imkoniyat yaratildi.
Xitoylik maslahatchilar O‘zbekistondagi ilk tashrifini davom ettirishmoqda. Ularning faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.