Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyati paxta dalalaridagi munosib mehnat sharoitlarini oʻrganish, majburiy mehnatni oldini olish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur uyushtirildi.

28.09.2023

 Ayni paytda Boyovut tumani “Doʻstlik” MFY hududida joylashgan Sanjarbek Joʻrayev nomidagi fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terimida munosib mehnat sharoitlari oʻrganilmoqda.

 45 gektar paxta maydonida 100 nafarga yaqin terimchilar paxta terib, daromad topishmoqda. Fermer xoʻjaligida terimchilar uchun yotoqxona, oshxona, tibbiyot xonasi, yuvinish xonasi kabi zarur mehnat sharoitlari yaratilgan.