Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning tegishli buyrug‘i bilan Mehnatni muhofaza qilishga oid ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.
21.12.2023
Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kiritildi.