Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari byurosi direktori Mixail Pushkin bilan uchrashdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari byurosi direktori Mixail Pushkin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda XMT bilan hamkorlikda "Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun Global akselerator" hamda "Better Work" dasturlari doirasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, endilikda quyidagi sohalarda hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
2024-yilda Xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha mustaqil monitoring amalga oshiriladi;
Aholi bandligi va ishsizlik darajasini aniqlash bo‘yicha yangicha yondashuv joriy etiladi;
Bandlik sohasida gender tenglikni ilgari surish hamda ayollar bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba joriy etiladi;
Norasmiy bandlikni qisqartirish hamda norasmiy sektorda band bo‘lgan aholining ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqiladi;
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa va Amerika mamlakatlariga eksportini yo‘lga qo‘yish uchun xalqaro brendlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;
Kelgusi yil boshida Germaniya Hukumati ko‘magida Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan loyihaga start beriladi;