Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Surxondaryoda

31.10.2023

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Surxondaryoda

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning barchasi inson qadrini ulug'lash, yurt va aholi farovonligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Kasimov hamda matasaddilar Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsimiga tayyorgarlik, aholi murojaatlarini hal etilish holati, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.

Tashrifning birinchi manzili Termiz shahar hokimligi bo'ldi. U yerda Behzod Musayev aholidan kelayotgan murojaatlarining hal etilishi holatini, keyingi manzilda Termiz shahridagi "O'zbekiston" mahallasining Alisher Navoiy nomli ko'chasida joylashgan ko'p qavatli xonadonlarning isitish qozonxonasini qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi.

Shundan so'ng mutasaddilar Termiz shahridagi 16-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti va 15-maktablarida bo'lishib, ta'lim va tarbiya maskanlari o'quvchi yoshlari bilan suhbatlashdi, muassasada tashkil etilgan kasb-hunarga o'rgatish markazi bilan tanishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida viloyat rahbari, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Kasimov hamda 3000 dan oshiq ko'ngillilar Termiz tumanida joylashgan "Yangiobod" mahallasida 1250 tup daraxt ko'chatlari ekishdi, jumladan lola daraxti, Chinor, terak, hila katalpa, o'rik, dup navli daraxt ko'chatlar va manzarali daraxtlarni yerga qadashdi.