Joriy yilning 27 noyabr kuni Kun.uz telegram kanalida “Toshkent viloyati hokimligi iqtisodiyot boshqarmasi xodimlari yarim kechagacha ishda o‘tirishga majburlanmoqda” sarlavhasi ostidagi xabar

01.12.2021

Joriy yilning 27 noyabr kuni Kun.uz telegram kanalida “Toshkent viloyati hokimligi iqtisodiyot boshqarmasi xodimlari yarim kechagacha ishda o‘tirishga majburlanmoqda” sarlavhasi ostidagi xabar, viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Uning natiajasiga ko‘ra, Toshkent viloyati xokimligi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari soat 20:00da hech qanday buyruq rasmiylashtirilmagan holda o‘zining mehnat faoliyatini olib borayotganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan, boshqarmaning tegishli xodimlaridan tushuntirish xatlari olindi.
Shu bilan birga, boshqarmaning xodimlar bilan ishlash va maxsus ishlar bo‘limi boshlig‘idan joriy yilning 23 noyabr kuni soat 18:00ga yig‘ilish belgilanganligi va bu borada ishdan tashqari ishga xodimlar qay tartibda jalb etilayotganligi to‘g‘risida ham tushuntirishlar olindi.
    Bunda, bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari o‘zlarining roziligi asosida qatnashganligi, ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish bo‘yicha hech qanday buyruq rasmiylashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Barchamizga ma’lumki, Mehnat kodeksining 124-moddasiga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishlarga xodimning roziligi bilangina yo‘l qo‘yilishi mumkinligi, 157-moddasiga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.
Bundan tashqari, 125-moddada, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda — bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozimligi belgilangan.

O‘rganish yakuni bilan, Toshkent viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i nomiga Mexnat kodeksining 130, 157-moddalariga asosida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan, ya’ni xodimlarni ishdan tashqari ishlarga ularning roziligi asosida hamda ish vaqtidan tashqari vaqtda ishga jalb etilgan xodimlarga ikki xissa miqdorida haq to‘lab berilishi yoki mutanosib ravishda otgul berish yuzasidan Yozma ko‘rsatma kiritildi.
     Shuningdek, kelgusida kelib chiqqan qonunbuzilishlarni bartaraf etish va yo‘l qo‘ymaslik borasida yuqorida ko‘rsatilgan qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish to‘g‘risida Toshkent viloyati xokimligiga taqdimnoma kiritildi.