Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari

22.11.2021

Joriy yilning 15-19 noyabr kunlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Farg‘ona vodiysida aholi malakasini pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga moslashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida Armanistonning “TUMO” ijodiy texnologiyalar markazi mutaxassislari tomonidan 18 va undan katta yoshdagi ishsizlar oʻrtasida axborot texnologiyalari sohasida kasbiy taʼlim yoʻnalishlarini aniqlash boʻyicha tadqiqot oʻtkazildi.
Natijada fokus-guruh ishtirokchilari 2022-yilda ochilishi rejalashtirilgan TUMO ijodiy texnologiyalar markazining Toshkent shahridagi filialini birinchi tinglovchilari bo‘lishdek eksklyuziv imkoniyatga ega bo‘ldilar.