“Jizzax viloyati Zomin tumani tashkilotlari “Obod qishloq” dasturi doirasida Yoshlik MFYga majburiy tartibda hasharga chiqarilmoqda” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoq orqali “Jizzax viloyati Zomin tumani tashkilotlari “Obod qishloq” dasturi doirasida Yoshlik MFYga majburiy tartibda hasharga chiqarilmoqda” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar https://t.me/aks_sado_uz/417 bo‘yicha Jizzax viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida, “Yoshlik” mahallasida “Obod qishloq” dasturi asosida 2021 yil aprel oyidan beri hududni begona o‘tlardan tozalash va daraxtlarni oqlash kabi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirilayotgan 170 nafardan ortiq tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda haq evaziga jalb etiladigan jamoat ishlarida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar bilan tanlov asosida suhbat uyushtirilib, tumandagi korxona tashkilot xodimlari u yerda ishlamaganligi hamda majburiy mehnatga jalb qilinmaganligi aniqlandi.
Natijada to‘plangan hujjatlarga muvofiq, ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilingan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.