Jizzax va Toshkent shahrida majburiy mehnat bo‘yicha vebinarlar yakunlandi

14.08.2020

Respublikada majburiy mehnat bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, qanday mehnat majburiy mehnat sifatida baholanadi, uning qanday ko‘rinishlari mavjud, paxta yig‘im terimi davrida mavsumiy ishchilarni ishga qabul qilishda nimalarga amal qilish zarur? Shu kabi savollarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Jizzax va Toshkent shahri hamda Xalqaro Mehnat Tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan yakuniy vebinarda javob berildi. 

 photo_2020-08-11_11-41-46

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov, Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakili O.Lipkanu, Jizzax va Toshkent shahar davlat tashkilotlari rahbarlari, fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasterlari rahbarlari ishtirok etishdi. 

 photo_2020-08-14_14-31-40

✅ Ushbu seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ish beruvchilar uchun majburiy mehnatning oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish yuzasidan tushuntirish berishdan iborat.

 photo_2020-08-14_14-31-43

✔️Тадбир қатнашчилари Халқаро экспертдан ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар. 

 photo_2020-08-14_14-31-42