Jenevada Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyasi boshlandi

10.06.2019

Bugun 10-iyun Jeneva shahrida (Shveytsariya) Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyasi boshlandi.

Mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ishtirok etmoqda.

Konferensiyada dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan 6000 dan ortiq delegatlar qatnashmoqda. Anjuman davomida mehnat sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining yuz yilligini nishonlash ham rejalashtirilgan.

108-Xalqaro mehnat konferensiyasi joriy yilning 10-iyunidan 21-iyuniga qadar bo‘lib o‘tadi.

photo_2019-06-11_14-19-26

photo_2019-06-11_14-19-33

мот 100