Janubiy Tyuringiya savdo-sanoat palatasi prezidenti Torsten Herrmann bilan uchrashuv tashkil etildi
26.09.2023
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva Janubiy Tyuringiya savdo-sanoat palatasi prezidenti Torsten Herrmann bilan uchrashdi. Maʼlumki, Germaniya Oʻzbekistonning oʻnta yetakchi savdo hamkorlaridan biri sanaladi.
Ayni paytda yurtimizda kasbiy taʼlim sifatini oshirish maqsadida Tyuringiya federal yeri bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa Germaniyaning ilgʻor tajribasini yurtimizda joriy etishga xizmat qiladi.
Germaniya delegatsiyasi bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida kasb-hunar taʼlimi sohasi, migratsiya hamda nemis tilini oʻqitishni rivojlantirish masalalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishildi.