Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan 13 ta tikuv mashinasi ijara asosida olib berildi

11.10.2021

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga ko‘maklashish maqsadida vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan Jizzax viloyati Zomin tumani Duoba qishlog'idagi “ZOMIN TUR INVEST” MCHJga 13 ta tikuv mashinasi ijara asosida olib berildi.

Natijada “Yoshlar” va “Ayollar” daftariga kiritilgan 18 nafar ishsiz, ehtiyojmand yoshlar va ayollarning bandligi ta’minlandi.