Jahon bankining baholashiga ko‘ra O‘zbekiston yuqori natijaga erishdi

12.04.2023

Jahon bankining baholashiga ko‘ra O‘zbekiston yuqori natijaga erishdi

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari Jahon bankining mamlakatimizdagi Ishchi guruhi rahbari Uilyam Zeyts bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar "Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv" (EGED) dasturi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va mehnat bozori tadqiqotlari instituti hamda Raqamli mahalla tizimini yaratish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.

Shuningdek, mamlakatimiz 3 ta klaster bo‘yicha Jahon bankining baholashiga ko‘ra yuqori natijaga erishgani ma’lum qilindi.

Uchrashuvda Jahon banki vakili Uilyam Zeyts mazkur dastur yo‘nalishida faoliyatini yakunlayotganligini aytdi. Uning o‘rniga Ishchi guruh rahbari sifatida Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida kambag‘allik va tenglik global amaliyoti iqtisodchisi Ikuko Uochi tanishtirilgan.