JAHON BANKI BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

14.02.2024

Vazirlik mutasaddilari Jahon bankining Inson taraqqiyoti yoʻnalishida Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski bilan uchrashishdi.

Unda vazirlikning Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bandlik, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va migratsiya sohalaridagi loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida sohaga oid yangi rejalarni amalga oshirish masalalari ko’rib chiqildi.