ISTIQBOLLI LOYIHALAR DAVOM ETAD
Uchrashuvda Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar “O‘zbekistonda yoshlarning faolligi va bandligini ta’minlash”, bandlik va mehnat sohasidagi strategik vazifalarni amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
ishsizlik (bandlikka ko‘maklashish markazlarida ishsizlarni ro‘yxatga olish platformasini yaratish) va kambag‘allikni aniqlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish (yashash minimumi o‘rniga kambag‘allikni baholash mezonlarini qayta ko‘rib chiqish);
ishsizlar sonini kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlarni birgalikda ishlab chiqish;
xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi rolini oshirish;
yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
kasbga yo‘naltirish va o‘rta ta’lim olgandan keyin ish bilan ta’minlash.
Muhokama yakunida tomonlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashuvchi, ayniqsa, yoshlar va ayollar uchun barcha ustuvor vazifalarni aks ettiruvchi strategik loyiha ishlab chiqishga kelishib oldilar.