"Isroil Tillaboyev blogi" telegram kanalida chiqqan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

28.05.2021

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda “Bandlik va mehnat munosabati vazirligiga bir masalamiz bor” nomli tarqalgan xabar https://t.me/domlajon/2070 yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔰O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 30 apreldagi 224k-sonli buyrug‘ining 2-qismiga asosan Peshku tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimiga nomzod tayinlangunga qadar mudir vazifasini vaqtincha bajarish va barcha hujjatlarga birinchi imzo chekish huquqi bilan Peshku tuman xalq ta’limi bo‘limi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash mutaxassisi Aslonov O‘lmas Asrorovich zimmasiga yuklatilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

❗️Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilganida, Peshku tuman xalq ta’limi bo‘limining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash mutaxassisi lavozimida Aslonov O‘lmas Asrorovich ishlamaganligi aniqlangan.

➡️Buxoro viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi o‘zining 2021 yil 29 apreldagi Xalq ta’limi vazirligiga Peshku tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasini jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Aslonov O‘lmas Asrorovich zimmasiga yuklashni tavsiya etish to‘g‘risidagi 01-01/2-1452-sonli xati va uning natijasida Xalq ta’limi vaziri tomonidan 2021 yil 30 aprelda qabul qilingan 224k-sonli buyrug‘ining 2-qismi Mehnat kodeksining 160-moddasi talablariga zid ravishda rasmiylashtirilganligi aniqlanib, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma berildi.

📍Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 2021 yil 26 mayda Xalq ta’limi vazirligiga Peshku tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimini O‘.Aslonovga vaqtincha yuklash to‘g‘risidagi 2021 yil 30 apreldagi 224k-sonli buyrug‘ining 2-qismini bekor qilish yuzasidan 01-01/2-1782-sonli xat kiritildi.