Ishtixonlik talaba qiz murojaati ijobiy hal bo‘ldi
20.04.2021
Vazir Nozim Xusanov Ishtixon tumani "Xalqobod" mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan "Xalqobod tikuvchi qizlari" ishlab chiqarish kooperativida mehnat qilayotgan tikuvchi xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi.
Bugungi kunda "Xalqobod tikuvchi qizlari" ishlab chiqarish kooperativiga 46 nafar xotin-qizlar pudrat shartnomasi asosida ishga qabul qilinib, ularning har biriga 2 mln 450 ming so‘mdan mablag‘ ajratilgan.
Vazir "Xalqobod tikuvchi qizlari" ishlab chiqarish kooperativi asoschisi Go‘zal Temirova bilan suhbatlashib, kooperativ faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda ishga qabul qilingan xotin-qizlarni doimiy daromad olishlari yuzasidan tavsiyalar berdi.