“Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish hamda aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi

15.02.2021

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on tumanida viloyatning hamda tuman va shaharlarning sektor rahbarlari, tashkilot va boshqarma mutasaddilari ishtirokida “Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish hamda aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari”mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tartiblari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari, “Ishga marhamat” monomarkazi, shuningdek, professional ta’lim muassasalari va nodavlat o‘quv markazlaridagi kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar va tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng, seminar qatnashchilari 2-son kasb-hunar maktabidagi ishsiz fuqarolarni qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari bilan tanishib, yaratilgan shart-sharoitlar hamda moddiy-texnik bazasini ko‘zdan kechirdilar.