Ishchi guruh mamlakatning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan Kodji shahri Kojido yarim orolidagi "Samsung Heavy Industriyes" kemasozlik kompleksining chet ellik ishchilarni yollash boshqarmasi mas’ul xodimi Bo Gi Djo bilan uchrashishdi.
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh mamlakatning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan Kodji shahri Kojido yarim orolidagi "Samsung Heavy Industriyes" kemasozlik kompleksining chet ellik ishchilarni yollash boshqarmasi mas’ul xodimi Bo Gi Djo bilan uchrashishdi.
Ma'lumot uchun: Samsung Heavy Industriyes kompaniyasi 1974-yil 5-avgustda tashkil topgan. Janubiy Koreyadagi "Katta uchlik" kema quruvchilardan biri. Asosan katta tonnali yuk kemalarini ishlab chiqarish va qurish bilan shug'ullanadi. Kompaniya dunyodagi eng katta - uzunligi 488 metr bo'lgan Prelude FLNG kemasini qurdi - bu odamlar tomonidan yaratilgan eng katta suzuvchi konstruksiya hisoblanadi.