"Ish payti ro‘y bergan baxtsiz hodisa yashirilmoqdami?” sarlavhali video xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda 23-sentyabr kuni "Ish payti ro‘y bergan baxtsiz hodisa yashirilmoqdami?” sarlavhali video xabar https://t.me/sizdantelegram/36530 tarqatilgan. Ushbu videoda 13-sentyabr kuni "O‘zmetkombinat" AJga qarashli, Ohangaron shahridagi “LiDa metall” korxonasi metall eritish pechida kuchli yong‘in sodir bo‘lganligi va natijada bir necha xodim jarohat olganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Xabarda rahbariyat ishlab chiqarish vaqtida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisani yashirib, tegishli hisobotga kiritmagan va ro‘yxatga olmagan, jarohatlangan xodimlar esa ma’muriyat tazyiqi bilan shifoxonaga olib borilmay uyida davolanmoqda, degan ma’lumot berilgan.
"O‘zmetkombinat" AJ matbuot xizmatining yozishicha, videoda tasvirlangan holat texnologik jarayonga kiradi va mazkur hodisada tan jarohati olgan deb aytilgan Haydarov Nuriddin va boshqa ishchilar aslida hech qanday tan jarohati olmagan.
Hozirda baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari o’rganilmoqda.