Ip yigiruv ishlab chiqarish texnologiyasi
Qadim Qashqadaryo–Surxondaryo vohasi haqida so‘z ketganda, ko‘z oldimizda urchiqda yigirayotgan momolarimiz qiyofasi ham gavdalanadi.
Zamon o‘zgardi. Texnika taraqqiyoti ip-yigirish sohasida ham yangiliklar, yengilliklar kirib keldi.
Shu kabi Shahrisabz shahrida faoliyat olib borayotgan Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ip yigiruv ishlab chiqarish texnologiyasi
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘qish muddati 6 oyni tashkil etadi. O‘rganilgan nazariy bilimlar bir paytning o‘zida amaliy jihatdan mustahkamlanadi.
Unda ustaxonalariga eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, uskuna va dastgohlar, o‘quv qurollari Koreya Respublikasidan olib kelib o‘rnatilgan.
Quyidagi mutaxassislar tayyorlanadi:
🔸 Yigiruv uskunalari operatorlari;
🔸 To‘quv uskunalari operatorlari;
🔸 To‘quv trikotaj matolarini ishlab chiqarish texnologiyasi;
🔸 Yigiruv maxsulotlarini sifat nazoratini boshqarish.
Mashg‘ulotlar Koreya ta'lim va texnologiyalar universitetida malaka oshirib kelgan o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.