Vaqtincha bandligi ta'minlanmagan aholiga ko‘mak berish maqsadida Toshkent shahrida ham amaliy choralar ko‘rilmoqda

15.04.2020

Ayni kunda insoniyatga xavf solib turgan pandemiyaning tarqalishi oldini olish uchun joriy etilgan karantin va cheklovlar sharoitida ishsiz va karantin tufayli vaqtincha bandligi ta'minlanmagan aholiga ko‘mak berish maqsadida Toshkent shahrida ham amaliy choralar ko‘rilmoqda. Buni poytaxtimizning Shayxontohur tumani misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

photo_2020-04-15_14-31-50

Tumandagi 414 nafar ishsiz fuqaro obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, dezinfektorlik, yolg‘iz qariyalar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj aholini parvarishlash, blok-postda posbonlik ishlariga jalb qilindi.

photo_2020-04-15_14-31-51

Hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda ishlar davom ettirilmoqda.

photo_2020-04-15_11-31-56