“Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlari”ni yangi tahrirda ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi o'tkazildi
#Vazirlikda_bugun
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlari”ni Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoridagi kodlar bilan bogʻlash, yangi tahrirda va davlat tilida ishlab chiqish hamda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda vazirlik hamda Mehnat bozori tadqiqotlari instituti masʼul xodimlari, ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdi. Shuningdek, guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, kelgusida qilinishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.