Ijtimoyi tarmoqlarda “Ohangaron tumanida metal korxonasining yopilishi va unda faoliyat olib borayotgan xodimlarning ishsiz qolayotganligidan shikoyat qilishmoqda” mazmunidagi xabar tarqalgan edi.

12.04.2022

Ushbu holat bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ “Toshkent viloyati ikkilamchi qora metall” filialida jami 36 ta ish o‘rni bo‘lib, hozirda 34 nafar ishchi xodimlar faoliyatini olib borayotganliklari aniqlandi.

Shuningdek, murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari bilan olib borilgan suhbat davomida mazkur xabar tushunmovchilik yuzasidan tarqanligini hamda xozirda o‘z ish faoliyatini olib borayotganliklari va e’tirozlari yo‘qligini bildirishdi.
Shu bilan birga, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ tomonidan kelgusida jamiyatiga qarashli “Toshkent viloyati ikkilamchi qora metall” filiali Ohangaron uchastkasi tugatilganda, yoki ish o‘rinlari qisqartirilgan taqdirda ishchi xodimlar bilan tuzulgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mehnat qonunchiligi talablariga asosan amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.