Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiqo‘rg‘on hokimligi tomonidan mahalla raislari va xotin-qizlar faollariga 20 nafardan terimchi topishi vazifasi yuklatilganligi haqidagi xabar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiqo‘rg‘on hokimligi tomonidan mahalla raislari va xotin-qizlar faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha mahallalar raislariga 20 nafardan terimchi topishi vazifasi yuklatilganligi haqidagi xabar tarqaldi. Ushbu holatni Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi monitoring tarzida tekshirishdan o‘tkazdi.
O‘rganish o‘tkazish davomida, Yangiqo‘rg‘on tuman “Do‘stlik” MFY raisi S.Ashurov bilan suhbatlashib tushuntirish xati olinganda, 12.09.2023 yil kuni tuman hokimligida paxta terimiga hasharchilarni yuborish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lmaganligini, terimga 20 nafardan terimchi jalb qilish bo‘yicha hech qanday topshiriq olmaganligini va paxtaga borish bo‘yicha hech kimga ko‘rsatma berganligini bayon etdi.
Shuningdek, tumandagi Gaznon, Qullug‘tol, Navkent MFY raislaridan ham tushuntirish xati olindi. Unda 12 sentyabr kuni hech qanday yig‘ilish o‘tkazilmaganligi, paxta terimiga jalb qilish bo‘yicha topshiriq olmaganligi hamda paxta terimiga hasharchi yollash uchun pul yig‘ilmaganligini aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra maqolada chop etilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi.