Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi hodimlari yer ag‘darish ishlariga jalb qilingani aytilmoqda” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi hodimlari yer ag‘darish ishlariga jalb qilingani aytilmoqda” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishda shifoxona xodimlari joriy yil 8-aprel kuni soat 9:15 lar atrofida shifoxona hududida o‘z xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarni amalga oshirganlig aniqlandi. Shifoxona xo‘jalik ishlari mudiri biron-bir huquqiy asossiz ushbu obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirgan. Mazkur holat tegishli hujjatlar bilan asoslli deb topildi. Xo‘jalik mudiri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksining 7-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 may kungi "O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 349-sonli Qarori talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan xo‘jalik mudiri O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.