Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi hodimlari  yer ag‘darish ishlariga jalb qilingani aytilmoqda” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan

15.04.2022
 
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi hodimlari  yer ag‘darish ishlariga jalb qilingani aytilmoqda” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi  tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. 
 
O‘rganishda   shifoxona xo‘jalik ishlari mudiri tomonidan   xodimlar muassasa hududida o‘z xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarni bajarishni talab qilinganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.