Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan voqeaga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining munosabati

24.02.2021

Joriy yilning 17 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Klaster O‘rtachirchiqda ikki oylik maoshini ololmagan paxta tozalash zavodi ishchilari ish tashladi» sarlavhasi bilan tarqalgan habar yuzasidan Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida, haqiqatdan ham O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “Real agro cotton” unitar korxonasida dekabr-yanvar oylari uchun har bir xodimning ish haqidan 1.316 ming so‘m miqdorida qarzdorlik mavjudligi aniqlandi. Mazkur ish haqlari belgilangan muddatlarda to‘lanmaganligi yuzasidan MJtKning 49 moddasi 1-qismiga muvofiq korxona rahbari va bosh hisobchisiga nisbatan ma’muriy jarima tayinlandi.

Shu bilan birga, joriy yilning 18-19 fevral kunlari “Real agro cotton” unitar korxonasi tomonidan ishchi xodimlarning oylik ish haqlari to‘liq to‘lab berildi.