Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Sudba vracha v Uzbekistane” sarlavhali maqola yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Sudba vracha v Uzbekistane” sarlavhali maqola yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.
Maqolada ko‘rsatilgan jarayon joriy yilning 13-aprel sanasida tibbiyot muassasasi hududida bo‘lgan. Bunda shifoxona binosining kirish eshigi oynalari ayollar tomonidan tozalanayotgani aks etgan.
Mazkur holat bo‘yicha shifoxona bosh shifokori va xodimlaridan tushuntirish xatlari olingan.
Bunda muassasaning kichik tibbiy xodimlari (sanitarka) tomonidan har kuni tozalash ishlari olib borilishi, ushbu ishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kichik tibbiy xodimlarning funksional vazifasiga kirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, tushuntirish xatlarida xodimlarni o‘z xizmat vazifalaridan boshqa ishlarni hamda ish vaqtidan tashqari yumushlarni bajarishga topshiriq va buyruqlar qabul qilinmagani aks etgan.
Xodimning mehnat vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 176-moddasiga muvofiq ichki tartib qoidalarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo‘riqnomalar va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilanadi.
Tasdiqlangan xizmat vazifalarida shifoxonada tozalash ishlari aynan kichik tibbiy xodimining funksional vazifasiga kirishi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, Sanitariya qoidalari va me’yorlarining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan talablarda ham kichik tibbiy xodimlari tomonidan biriktirilgan bino ichi va tashqi devorlari, oynalari, pollari, kafellari hamda plintuslarini tozalash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Hurmatli ish beruvchilar shu o‘rinda yana bir bor eslatamiz!
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlanadi.
‼️Aziz yurtdoshlar, Agar Siz majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz Bandlik vazirligining Davlat mexnat inspeksiyasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Biz har qanday turagi majburiy mehnatga qarshimiz va har qanday xolatni o‘rganib chiqishga tayyormiz.
Barcha ma’lumot va murojaatlar belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.