Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tunda majburiy mehnatga jalb qilinganiga iddao qilinmoqda”

01.04.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tunda majburiy mehnatga jalb qilinganiga iddao qilinmoqda” mazmunidagi xabar yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Unga ko'ra, Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i tomonidan xodimlarini atrofni tozalash ishlariga majbur qilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 51-moddasi 1-qismiga asosan jarimaga tortildi.