Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati “Mirishkor tuman 17-sonli DMTTda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

15.04.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati “Mirishkor tuman 17-sonli DMTTda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgan” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishda, Mirishkor tuman 17-sonli DMTT direktori tomonidan muassasaning tarbiyachi va boshqa xodimlarini ish vaqtida gul ekishga chiqarib, ulardan mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni talab qilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 51-moddasi 1-qismiga asosan jarimaga tortildi.