Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati Koson tumani tibbiyot birlashmasi vrach va xodimlari bog‘da ishlatildi. Xabar yuzasidan rasmiy munosabat

16.04.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati Koson tumani tibbiyot birlashmasi vrach va xodimlari bog‘da ishlatildi. Avvalroq gul uchun pul ham yig‘ilgandi. Majburiy mehnat holatini o‘rganishlarini so‘raymiz” sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganishda, Koson tuman Tibbiyot birlashmasi Diagnostika bo'limi boshlig'i bo'lim tahlilchilari va boshqalarni birlashma hududida obodonlashtirish ishlariga jalb qilib, xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga majburlaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 51-moddasi 1-qismiga asosan jarimaga tortildi.