Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 51-maktabning o‘qituvchilari
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 51-maktabning o‘qituvchilari kechasi boshiga fanar taqib maktab xonalarini ta’mirlayotgani aks etgan xabar viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Unga ko‘ra, Xatirchi tumanidagi 51-umumta’lim maktabini ta’mirlash ishlari “Madraxim Dilafro‘z” fermer xo‘jaligi tomonidan homiylik sifatida amalga oshirganligi, suratdagi fuqarolarni fermer xo‘jaligi raisi tomonidan jalb etilganligi aniqlangan.
Shu sababli, ushbu xabar tasdig‘ini topmadi, o‘qituvchilar ta’mirlash ishlariga jalb etilmaganligi sababli majburiy mehnat yoki boshqa qonun buzilish holatlari aniqlanmadi.
Agarda ish beruvchilar tomonidan Sizning mehnat huquqingiz buzilayotgan bo‘lsa, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamiga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga va “mehnathuquqbot” telegram messendjeri orqali o‘zingizning buzilgan mehnat huquqlaringizni tiklash uchun murojaat qiling.
Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.